Uzbekistan Fashion Week-Digital III mavsumi qanday o'tdi ?
Taqdimotda Markaziy Osiyodagi yetakchi brend egalari: Dilnoza Umirzakova, Zulfiya Sulton, Dildora Qosimova, Suhrob Habib, Lidia Andre, Ozod Xurramov va boshqa dizaynerlar o'z liboslari bilan ishtirok etdi. Shuningdek shou-biznes vakillar: Shahzoda, Lola, Shaxzoda Muxammedova, Setora Farmonova, Rayhon Ulasenova hamda boshqa ko'plab mehmonlar tashrif buyurdi.
Ushbu loyixa xalqaro miqyosdagi ijodiy loyiha bo‘lib, unda professional dizaynerlardan tortib, yosh dizaynerlargacha o‘z kolleksiyalarini namoyish qilish imkoniyati taqdim etildi. Xususan "Anor" brendini "Liil" bilan kollaboratsiyada namoyish etilishi ko'rgazmaning eksklyuziv voqeasi bo‘ldi
Loyiha O‘zbekiston Yosh dizaynerlari kengashi va kreativ Anor jamoasining tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahri hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.Shuningdek mehmonlar o‘tgan mavsumda eng yaxshi dizayner mukofotini qo‘lga kiritgan Dildora Qosimovaning modaga oid perfomansini ko‘rishga ham muvaffaq bo‘ldi.Tadbirga dabdabali taqdirlash marosimida yakun yasaldi.
ИЗОҲЛАР 0