alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Ресторанлар ва кафелар

Toshkentda ochilgan 5 ta yangi restoran

METROPOL

Poytaxt markazida, Amir Temur maydonidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yozgi ayvonli Yevropa va milliy taomlar restorani. Rang-barang menyu G‘arb oshxonasini sevuvchilarga ham, Sharq oshxonasini xush ko‘ruvchilarga ham birdek manzur bo‘ladi. Menyuning alohida segmenti - Xorazm oshxonasi: un oshi, sho‘r kabob, gummaning turli xillari va boshqa ko‘plab taomlar tashrif buyuruvchilarni befarq qoldirmaydi. Jonli musiqa va karaoke yoqimli oqshomga ajoyib uyg'unlik bo‘ladi.
 


Restoran 180 kishiga mo‘ljallangan bo'lib 15:00 dan 03:00 gacha mehmonlarni qabul qiladi. Aniq manzil Istiqbol ko‘chasi, 8 ("O‘zbekiston" forumlar saroyi yonidagi "Bahor" restorani), stol buyurtma berish raqami 99 4648855.


GRUZIN

Gruziya oshxonasining konseptual restorani, mehmonlarni nafaqat ajoyib mazali taomlar bilan, balki gruzin madaniyati atmosferasi va lazzati bilan ham xursand qiladi. Qo‘lbola pishloqli xushbo‘y xachapuri, achchiq chaxoxbili, mazali xarcho va boshqa ko‘plab gruzin taomlari mavjud. Restoran bir vaqtning o‘zida 120 nafar mehmonni qabul qila oladi. Maskan mazali taomlari va jonli musiqa ohanglarida do‘stlar bilan birga yoqimli muhitda yig‘ilish uchun ajoyib imkoniyatni beradi. 
 


Gruzin Sultonali Mashxadi ko‘chasi, 57-uyda ("Shampan vinolari", "Jiguli" bari ro‘parasida) joylashgan. 90 9998299 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib stol buyurtma berishingiz mumkin.
 

MYDAYTV kanalimizning Taste It loyihasida mamlakatdagi eng yaxshi va yangi maskanlar haqida batafsil bilib oling!


               Taste It loyihasida maskaningiz yoki mehmonxonangiz ishtiroki uchun, bizga xabar bering-mediakit

             MYDAYTV  UzdigitalTVMegogoAllplayiTVMediabayUZD+, BeelineTV, va boshqa                  platformalarda, hamda Telegramda Join/ tugmasi bosib to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin.


COSTA COFFEE

Nafaqat asl qahva ta’mi, balki o‘ziga xos shirinliklari bilan ham dunyoga mashhur bo‘gan Britaniya qahvaxonasining O‘zbekistondagi birinchi filiali. Menyuda 35 dan ortiq turdagi qahva, jumladan issiq va sovuq pozitsiyalar, kappuchinolar va mualliflik retseptlari, shuningdek, kofesiz ichimliklar va limonadlarning ko'plab xillari mavjud. Mehmonlar qahvaxonaning kofe do‘konida Costa Coffee stilidagi chashkalar va kofe qaynatish vositalarini xarid qilishlari mumkin. Yoqimli atmosfera, tajribali baristalar va original interyer, bu Costa qahvasining ajralib turadigan xususiyatlaridandir. Maskanning tantanali ochilish marosimidan eksklyuziv reportajni, ushbu havola orqali tomosha qiling!
 


Qahvaxona soat 8:00 dan 23:00 gacha ochiq. Manzil Mahatma Gandi ko‘chasi, 14, Ekopark yaqinidagi Breadly kafesi yonida.


MICHELÉ CAFE BOUTIQUE

Toshkentning qoq markazida joylashgan nafis interyerli, yangi pishirilgan non va eksklyuziv qahvaning xushbo‘y hidi taralib turuvchi kichik fransuz go‘shasi . Fransuz nonushtalarining muxlislari uchun kafeda bagetlar, mazali kruassanlar va bir finjon asl qahva, issiq shokolad yoki kakao bilan turli xil shirinliklar muntazir. Kafe, shuningdek ushbu shirinliklardan bahramand bo‘lishingiz uchun uyngizgacha yetkazib berishni ham ta’minlaydi.
 


Kafen Mirobod 2-oʻtish yoʻli, 12-uyda joylashgan boʻlib, dushanbadan shanbagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha ishlaydi.



DIZENGOFF/99

Isroil oshxonasining eng yaxshi taomlari: Endilikda siz Toshkentdagi Dizengoff/99 kafesida xumus, falafels, shakshuka, maxsus shnitsel kabi xushatam taomlardan bahramand bo'lishingiz mumkin. Ushbu maskan Moskva restoranlar tarmog‘i filiali hisoblanadi. Tel-Aviv shahar kafesining muhiti va zamonaviy dizayni do‘stlaringiz bilan o‘tkazadigan vaqtingizni yanada maroqliroq qiladi. Kafe nafaqat sizni, balki uy hayvonlaringizni ham iliq kutib oladi.
 


Kafe Oloy bozori yaqinidagi “Orient” biznes markazida ochilgan va soat 10:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 10-08-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг

Шошилманг

Ресторанлар ва кафелар
Toshkentdagi 30 ta yangi restoran
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentning Eng Yaxshi Kafelari: MYDAY GUIDE
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentdagi kuzgi yangi 7 restoran
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentda ochilgan 5 ta yangi restoran
Ресторанлар ва кафелар
Пойтахтимиздаги тўйхоналар шарҳи
Ресторанлар ва кафелар
«April Verdant Restaurant» очилиш маросимидан фоторепортаж