“Milliy liboslar tarixi” modalar namoyishi bo'lib o'tdi
Poytaxtimizda yangidan qad rostalagan “Ivent Hall” majmuasida “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi doirasida 7-iyul kuni “Milliy liboslar tarixi” modalar namoyishi o‘tkazildi. Dastur doirasida yurtimizning turli mintaqalari qadriyatlarini aks ettirivchi liboslar zardo‘z, cho‘ponlar, cho‘girma, atlas va adras matolaridan liboslar namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Hukumat vakillari, san'at va madaniyat xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijiy davlatlarining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonalari vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
O‘zbek milliy urf-odati hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir hisoblanadi
ИЗОҲЛАР 0