alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Янгиликлар

Nismo - Nissan Z modelining eng yaxshi versiyasi


Yaponiya brendi Nissan Z sportkarini modifikatsiya qildi va poygalar uchun yaratilgan yangilangan versiyasini taqdim etdi. Nissan Z Nismo 3,0 litrli V6 ikki turbina benzinli dvigatel bilan jihozlangan.

alt

O‘zgartirilgan 9 pog‘onali gidromexanik "avtomat" uzatmalar qutisi automobil ikki baravar tez harakatlantirish imkonini beradi. Avvalgi Normal va Sport haydash rejimlariga yangi Sport+ qo‘shildi. Shassi va disk tormozlarida ham katta yaxshilanishlar kiritildi. 

alt
alt

Mashinaga tashqi tomondan ham o‘zgarishlar kiritilgan - old tomonining uchli "Burni" yon spoylerlar va yangilangan radiator panjarasi. Avtomobil maxsus dizayndagi yaltiroq Rays g‘ildiraklari bilan jihozlangan va qizil dekorativ chiziqlar bilan to‘ldirilgan.

alt

Kupega aerodinamik kuzov to‘plami, orqa spoyler qo‘shildi, tormoz tizimi esa keng 19 dyuymli shinalardagi yangi g‘ildiraklar bilan yaxshilandi. Nissan Z Nismo’ning ichki qismi charm va Alkantara bilan bezatilgan, qo‘lda sozlanadigan yengil Recaro o‘rindiqlar va yangi grafikali asboblar paneli mavjud.

alt

Sportkar 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Savdolar shu yilning kuzida $64 500 dan boshlanadi.

 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 26-09-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг