“Maydon tomoshalari” festivali
Poytaxtimizdagi “Navro‘z”istirohat bog'ida, o‘zbek milliy urf odatlarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan musiqiy dasturlar namoyish etilmoqda. Festivalga Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov xorijlik bir guruh mehmonlar bilan festivaliga tashrif buyurdi va madaniyat-san'at maydonchalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi xalq cholg‘ulari orkestri tomonidan o‘zbek xalq milliy qo‘shiqlari hamda retro musiqalar jonli ijro etilib, ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar uchun yuqori madaniy kayfiyat ulashmoqda. Qolavers, Labihovuz majmuasida faolklor-etnografik ansabllari o‘z dasturlarini tomosha qilishingiz mumkin. Bu majmuada barcha viloyatlarimiz xususan, tarixiy hududlarimiz Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrining jamoalarining kompozitsion chiqishlari namoyish etiladi.
Festival doirasida tasviriy va amaliy san’at ustalarining o‘zlar tomonidan yaratilgan asarlari namoyish etilmoqda. Shu bilan birga musiqiy dasturda G‘anijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansamblining o‘z repertuarlaridan musiqiy dasturlari bilan tomoshabinlarga hushnudlik ulashmoqda.
ИЗОҲЛАР 0