alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Дефиле

Dildora Qosimova Brendining Namoyishi Bo'lib O'tdi

Yurtimizga kirib kelgan sentabr oyining iliq oqshomida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr maydoni yaqinida,  mahoratli dizayner Dildora Qosimova brendining namoyishi bo'lib o'tdi.

alt


Kechaga ko'plab poytaxt mehmonlar bilan bir qatorda o'zbek shou-biznes vakillari: Sevara Nazarxon, Nilufar Usmonova, Lola Yo'ldoshova, Shahzoda, Xusnora Shodiyeva, Shahzoda Matjonova va yana bir qator  san'at vakillari tashrif buyurdi

alt

alt

Dildora Qosimova brendi namoyishlari har doim o'zgacha hayajon bilan kutib olinadi. Uning ijod mahsullari Nafaqat O'zbekistondan, balki chet eldan ham moda sanoatining ashaddiy  muxlislarini o'ziga jalb qilib keladi.

alt

alt

Ijodkor brendining birinchi kolleksiya to'plami, san'atning eng yorqin yo'nalishlaridan biri - teatrga bo'lgan muhabbatni ifoda etadi. Dizaynerning  "Kutyure" kolleksiyasini, moda vatani hisoblangan Parijga bo'lgan  sayohatidan ilhomlanib yaratgan. Parij teatrlaridan birida spektakllar uchun kostyumlar va aksessuarlar ishlab chiqarish ustaxonalariga tashrif buyurgan dizayner, har bir kostyumning nozik jihatlari va mashaqqatli mehnatidan ruhlanadi. Shundan so'ng u o'zining yangi kolleksiyasi ustida ish olib boradi. Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrning o'zgacha ko'rinishi bilan hamohang ravishda, brend kolleksiyasining har bir libosida nafislik va jozibadorlik sezilib turadi. Dildora Qosimova asarlarida har doim nafis sharqona bezaklar, yetakchilik qiladi.

alt

alt

alt

alt

alt

alt

alt

alt

Taqdimot davomida dizaynerning ko'plab yaqinlari,do'stlari va shou-biznes vakillari qutlash hamda yangi kolleksiyadan o'rin olgan liboslarni tomosha qilish uchun tashrif buyurdi buyurdi. 

alt

 

alt

alt
 

alt

alt

alt

alt

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 21-09-2022

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг