alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Кино

Maykl Jekson hayoti va ijodi haqida film suratga olinadi

alt

Amerikalik rejissyor  Antuan Fuku  “Maykl” deb nomlangan biografik filmni suratga oladi. Fukuaning so'zlariga ko'ra, u taniqli musiqachi hayotining turli tomonlarini namoyish etish niyatida. Rejissyor  “Buyuk ekvalayzer”, “Qirol Artur” va “Mashg‘ulot kuni” filmlari orqali ko'pchilikka tanish. 

alt

Bo'lajak biografik film Jekson hayotidagi ko'plab sinovli paytlar, murakkab taqdiri haqida hikoya qiluvchi, shuningdek jinsiy zo'ravonlik ayblovlari va turli qarama-qarshi fikrlarni tasdiq toptirish uchun ishlanmoqda. 
Ma'lumotlarga ko'ra, filmda Jeksonga qarshi ayblovlar qayta ko'rib chiqiladi. Bundan avval suratga olingan biografik filmlar haqiqiy voqealardan ancha yiroq ekanligi tanqid qilingan. 


alt

Maykl Jekson haqidagi biografik filmda bosh rolni uning 26 yoshli jiyani, xonanda Jafar Jekson ijro etadi. Jafar Mayklning akasi Jermeyn Jeksonning o‘g‘li hisoblanadi. 

alt

Loyiha ustida muallifi Jon Logan va prodyuser Grem King ham jalb qilingan. To‘liq aktyorlar tarkibi hali tasdiqlanmagan. Ayni paytda film syujeti ustida ish olib borilmoqda. 

alt



 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 21-08-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг