"Salty Lives" (Sho‘r hayot) filmi Los-Anjelesdagi kinofestivalda eng yaxshi qisqa metrajli film deb topildi
O'zbekistonlik taniqli rejissyor Rustam Meliev tomonidan suratga olingan "Salty Lives" filmi 13-avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tgan La Documentary Films festivalida eng yaxshi qisqa metrajli film uchun mukofotga sazovor bo'ldi.
Mazkur film Aral Dream xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi ko'magida suratga olingan."Salty Lives"ning premyerasi Fransiya poytaxti Parij shahrida 23-aprel kuni Uzbekistan‘s Club ijodiy jamoasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonlik. Generating Ideas” forumida namoyish etilgan edi.
Ushbu filmning asosiy maqsadi butun dunyo e'tiborini iqlim o'zgarishiga befarq bo'lmaslik hamda Orolning qurishi orolbo'yi ayollariga qanday ta'sir qilishini ko'rsatib berishdan iborat.
Filmning so'ngida Adham Abduraimovning musiqasi bilan mohirona uyg'unlashgan qoraqalpoq onasining butun insoniyatga murojaat qilgan monologi yangraydi.
ИЗОҲЛАР 0