NILUFAR USMONOVA’NING 2022-YILGI KONSERTI QANDAY O’TDI?
Har bir tarona uchun alohida raqs taqdim etildi. Ushbu konsertga ijodkorning ko’plab muxlislari qutlash va sevimli xonandasidan sog’inilgan qo’shiqlarni tinglash uchun tashrif buyurdi
Bu yil taqdim etilgan birinchi konsert ijodkorning muxlislari uchun ham, chinakam hayajonli kecha bo’ldi. Dastur 3 qismdan iborat bo'lib, xonanda har bir qismda alohida obrazda ko'rinish berdi.
Katta sahnaga chiqqaniga 27 yil bo'lgan ijodkorning yakkaxon ijod boshlaganiga bu yil 15 yil to‘ladi. U ilk bor onasi Yulduz Usmonovaning 1995-yili o‘tkazilgan konsert dasturida “Shaytonga bo‘ysunmas yuraklar” nomli dueti bilan ishtirok etgan edi.
Kechada ijodkorning xit bo'lgan: "Taslim bo'ldim" "Bir kuning baxsh et" "Odamlar" "Qayt" "Kel ikkimiz" va yana ko'plab qo'shiqlari jarang sochdi. Romantik xonanda Shohruhxon bilan kuylangan yangi duet muxlislar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi deyish mumkin.
Dastur davomida asosan qo’shiqlar, fonogramma orqali ijro etilgan bo’lsada, bir nechta qo’shiqlar jonli ijroda taqdim etildi. Konsert jarayonida muxlislar bir olam zavqqa to'lishdi, kuylashdi, raqslarga tushishdi.
Ikki kun davom etgan ushbu konsert unutilmas taasurotlarga boy bo’ldi. Xonandaning keyingi ijodlarida omad va zafarlar tilab qolamiz
ИЗОҲЛАР 0