alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Саёҳат

Qoraqalpog‘iston dunyoning eng noyob 16 turistik maskani ro‘yxatida!

Buyuk Britaniyaning “Bradt Guides” nashriyoti 2023-yilda sayohat qilish uchun tavsiya etilgan dunyoning eng noyob turistik hududlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Chili, Kosta-Rika, Isroil, Estoniya va boshqa sayyohlarni jalb qiluvchi noyob maskanlar qatorida ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritildi.


“Bradt Guides” ekspertlari Mo‘ynoq tumanida yangi aeroportning ishga tushishi va kelgusida tezyurar poyezdlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida Qoraqalpog‘istonga borish yanada qulay bo‘lgani, Markaziy Osiyodagi eng yirik elektron musiqiy festivalning o‘tkazilishi, Sahrodagi Luvr muzeyining dunyoga mashhur avangard kolleksiyasi, shu bilan birga, tungi osmonning eng qorong‘i zonasi va uning ostida joylashgan o‘tovlar majmuasini alohida ta’kidlab o‘tishgan.

alt
alt 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va  Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida  “Bradt Travel Guides” nashriyoti bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha turistlar uchun qo‘llanma ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2022-yilda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson va OAV vakili Stefani Adams uchun Qoraqalpog‘istonning bir qator turistik obyektlari bo‘ylab press-tur tashkil etilgan edi.


alt
alt

 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 12-01-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг