Dildora Qosimova Brendining Namoyishi Bo'lib O'tdi
Yurtimizga kirib kelgan sentabr oyining iliq oqshomida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr maydoni yaqinida, mahoratli dizayner Dildora Qosimova brendining namoyishi bo'lib o'tdi.
Kechaga ko'plab poytaxt mehmonlar bilan bir qatorda o'zbek shou-biznes vakillari: Sevara Nazarxon, Nilufar Usmonova, Lola Yo'ldoshova, Shahzoda, Xusnora Shodiyeva, Shahzoda Matjonova va yana bir qator san'at vakillari tashrif buyurdi
Dildora Qosimova brendi namoyishlari har doim o'zgacha hayajon bilan kutib olinadi. Uning ijod mahsullari Nafaqat O'zbekistondan, balki chet eldan ham moda sanoatining ashaddiy muxlislarini o'ziga jalb qilib keladi.
Ijodkor brendining birinchi kolleksiya to'plami, san'atning eng yorqin yo'nalishlaridan biri - teatrga bo'lgan muhabbatni ifoda etadi. Dizaynerning "Kutyure" kolleksiyasini, moda vatani hisoblangan Parijga bo'lgan sayohatidan ilhomlanib yaratgan. Parij teatrlaridan birida spektakllar uchun kostyumlar va aksessuarlar ishlab chiqarish ustaxonalariga tashrif buyurgan dizayner, har bir kostyumning nozik jihatlari va mashaqqatli mehnatidan ruhlanadi. Shundan so'ng u o'zining yangi kolleksiyasi ustida ish olib boradi. Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrning o'zgacha ko'rinishi bilan hamohang ravishda, brend kolleksiyasining har bir libosida nafislik va jozibadorlik sezilib turadi. Dildora Qosimova asarlarida har doim nafis sharqona bezaklar, yetakchilik qiladi.
Taqdimot davomida dizaynerning ko'plab yaqinlari,do'stlari va shou-biznes vakillari qutlash hamda yangi kolleksiyadan o'rin olgan liboslarni tomosha qilish uchun tashrif buyurdi buyurdi.
ИЗОҲЛАР 0